FOTIHANI QANDAY QIROAT QILISH KERAK?

ID: 476

04.04.2025

35

Savol:

Arabcha o‘qishni, tajvid qoidalarini bilmagan odam fotihani qanday qiroat qilishi kerak “d” debmi “z” debmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Avvalo har bir musulmon namozni mukammal ado etishga harakat qilishi kerak. Namozni mukammalligi esa qiroatni ya’ni namozda o‘qilishi kerak bo‘lgan Fotiha va Zam surani to‘g‘ri o‘qish, harflarni to‘g‘ri talaffuz qilishga ham bog‘liq.

Savolda so‘ralayotgan Fotiha surasining oxirida keladigan Zod harfini ham boshqa arab harflari singari o‘ziga xos maxraji mavjud bo‘lib, ض harfining maxraji tildagi to‘rtinchi maxrajdir. Bu harfni talaffuz qilinishi ayni “d” tovushi yoki ayni “z” tovushi emas. Balki ض harfi arab tiliga xos tovushga ega bo‘lib, uni  tilning o‘ng yoki chap tarafini ust va past jag‘ tishlariga tekkizib chiqariladi.

Demak, bu va boshqa o‘ziga xos talaffuzni talab etadigan harflarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganish uchun o‘zingizga yaqin hududda joylashgan masjid imom-xatibiga murojaat qilishingiz yoki hozirda yo‘lga qo‘yilgan “Onlayn tajvid darslari” (https://www.youtube.com/watch?v=jjcr7bhuh9u)dan o‘rganishingiz maqsadga muvofiqdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar