FOTIHA VA ZAM SURA ORASIDA O'YLANIB TURISH

ID: 4088

10.11.2025

110

Savol:

Assalomu alaykum. Namozda Fotiha surasini o'qib bo'lgandan keyin zam surani boshlashdan oldingi oraliq bir tasbeh aytish vaqtidan ko'p bo'lmasligi kerak, undan ko'p vaqt turib qolinsa, namozda adashgan bo'ladi, ya'ni sajdai sahv qilish kerak deb eshitgandim, lekin shu haqda manbalardan topa olmadim. Shu haqda tushuntirib bering. Oldindan rahmat. Alloh o'zi darajangizlarni bundan ham buюk qilsin, inshaalloh.

Javob:

Va alaykum assalom. Ha, Fotihadan keyin zam surani o'qishni bir rukn (uch tasbeh) miqdoricha kechiktirish vojibni kechiktirgan hisoblanib, sajdai sahvni vojib qiladi.

"Minhatul xoliq 'alal bahrir roiq" kitobida bu haqda shunday deyilgan:

فرغ من الفاتحة وتذكر ساعة ساكنا أي سورة يقرأ مقدار ركن يلزمه السهو

"Fotihadan forig' bo'lib, qaysi surani o'qishini sukut saqlagan holda bir rukn miqdoricha o'ylanib qolsa, unga sajdai sahv lozim bo'ladi".

Siz aytgan bir tasbeh miqdoridan kamroq to'xtalish odatda zarar qilmaydi, ammo o'ylanib qolish bir rukn miqdoriga etib borsa, sajdai sahv lozim bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar