FOLBINLAR JINLAR BILAN GAPLASHADIMI?

ID: 300

04.04.2025

114

Savol:

Folbinlar rostdan ham jinlar bilan gaplashadimi? Fol ochish gunohmi ishonsa bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Folbin jinlar bilan aloqa qiladi. Faqat kofir jinlar bilan aloqa qiladi. Ular folbinga bir eshitgan rost xabariga ming yolg‘onni qo‘shib yetkazadi. Folbin shuni odamlarga gapiradi. Folbinga borish, uning so‘ziga ishonish dinimizda qattiq qoralanadi. Qolaversa, g‘aybdagi yashirin narsalarni faqat Alloh taolo biladi:

قُلْ لَا يَعْلَمُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ الْغَيْبَ إِلَّا اللَّهُ

“Ayting: “Allohdan boshqa osmonlar va Yerdagi biror kimsa g‘aybni bilmas” (Naml surasi, 65-oyat).

“Kim folbinga borib, uning gapiga ishonsa, Muxammad sallalloxu alayxi vasallamga nozil bo‘lgan narsadan ajrabdi. Kim uning xuzuriga kelsa-yu, gapiga ishonmasa, qirq kecha namozi qabul bo‘lmaydi” (Imom Tobaroniy rivoyati). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar