AYOLLARGA IMOM BO'LISH

ID: 4645

28.11.2025

239

Savol:

Erkak kishi onasiga yoki xolasiga, ayoliga imomlik qilib namoz o’qish joizmi

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Erkak kishi o'z turmush o'rtog'iga (umuman, ayollarga) imomlik qilishi durust. Imomga o'tayotgan erkak ayollarga ham imom bo'lishini niyat qilishi lozim. Qolaversa, ayol kishi erkak kishiga iqtido qilganida orqa safda turishi kerak bo'ladi.

Fiqhiy manbalarimizda safda turish masalasi quyidagicha bayon qilingan:

ويصف الرجال ثم الصبيان ثم الخنثي ثم النساء

ya'ni: “Safda avval erkaklar, so'ng yosh bolalar, so'ng xunasalar, so'ng ayollar turadi” (“Muxtasarul viqoya” kitobi).

Agar xotin eriga iqtido qilib namoz o'qishsa va ulardan boshqa odam bo'lmasa, xotin orqa safda turadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar