BADANDAGI TUKLAR

ID: 3377

17.10.2025

416

Savol:

Assalomu aleykum ustozlar Qo'ltiq tuklarini va kinikdan pastgi tuklarni olish qancha o'sgandn olish kerag va olmasa qanday gunoxkor bo'ladi olish sunnatmi vojibmi bizni mazhab hanafiyda shu masalada nima deyilgann???

Javob:

Va alaykum assalom. Qo‘ltiq, kindik osti tuklarini olish ulamolar ittifoqiga ko‘ra sunnat hisoblanadi. Kindik osti va qo‘ltiq tuklarni olib yurishning eng uzoq muddati qirq kundan oshmasligi belgilab qo‘yilgan.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U zot aytadilar: “Bizga mo‘ylovni qisqatirish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiq osti tuklarin yulish va qovuqni qirishni qirq kundan ortiq tark qilmaslik vaqti belgilab berildi”.

Imom Navaviy: “Qirq kundan ortiq tark qilmaslik” bu - qirqinchi kungacha qoldiraverish, degani emas” deganlar.

Ibn Hajar Imom Qurtubiydan naql qilib aytadilar: “Qirq kun” deb muddatning eng ko‘pi belgilab berilgan. Bunda har jumada va zarur bo‘lganda ozroq muddatda olishni man etilmaydi” (Fathul Boriy. 10/391-391).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar