Agar farz namozdan keyin sunnat namozi bo‘lsa, farz namozdan keyin "Allohumma antassalam va minkassalam tabarokta ya zal jalali val ikrom" degan duoni va yana boshqa zikrlar, "oyatul-kursi" va tasbehlarni o‘qish joizmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Farz namozlaridan keyin sunnat namozlari bo‘lsa, masalan: peshin, shom, xufton namozlari kabi, farz namozdan keyin "Allohumma antassalam va minkassalam tabarokta ya zal jalali val ikrom" deyish miqdoricha o‘tirib, ushbu duoni o‘qish mustahabdir. Lekin undan ortiq zikrlarga mashg‘ul bo‘lib, sunnatni kechiktirishni ko‘pchilik ulamolarimiz makruh, deganlar.
ويكره القعود عقب كل فريضة بعدها سنة مؤكدة حتى يؤدي السنة ثم يشتغل بالأذكار إلا أنه يستحب الفصل بينهما بمقدار ما يقول: "اللهم أنت السلام ومنك السلام وإليك يعود السلام تباركت يا ذا الجلال والإكرام "(فقه العبادات)
"Orqasida sunnati bo‘lgan farz namozini o‘qigandan keyin, hali sunnatini ado qilmasdan, "Allohumma antassalam va minkassalam va ilayka yaudus-salam tabarokta ya zal jalali val ikrom" degan duo miqdoridan ziyoda, zikr va duolar bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirishlik makrux" ("Fiqhul-ibodot" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.