FARZ NAMOZIDA BILMASDAN BESHINCHI RAKATGA TURILSA NAMOZNI QANDAY YAKUNLANADI?

ID: 523

04.04.2025

131

Savol:

Agar 4 rakatli farz namozlari yolg‘iz o‘qilganda bilmasdan 4-rakat deb adashib 5-rakat o‘qilsa buning hukmi qanday bo‘ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

To‘rtinchi rakatga qa’dai oxirga o‘tirib, tashahhud o‘qib keyin beshinchi rakatga turib ketgan kishi, hali beshinchi rakatga sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va salom berib namozni tugatadi. Agar beshinchi rakatga sajda qilgan bo‘lsa, unga yana bir rakatni qo‘shishi mustahab. Bu ikki rakat unga nafl bo‘ladi. Oxirida salomni kechiktirgani uchun sajdai sahv qiladi. (Muxtasarul Quduriy, Al-Muxtor, Al-Lubob kitoblari).

To‘rtinchi rakatni qa’dasiga o‘tirmasdan turib ketgan kishi,  beshinchi rakatni sajdasini qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi, attahiyatni o‘qiydi, qa’dani kechiktirgani uchun sajdai sahv qiladi, izidan attahiyat, salovat va duo qilib salom bilan namozni tugatadi. Agar beshinchi rakatga sajda qilgan bo‘lsa, uning farzi bekor bo‘lib, o‘qigan namozi nafl bo‘lib ketadi. Beshinchi rakatga oltinchi rakatni qo‘shishi mustahab, sahih qavlga ko‘ra sajdai sahv qilmaydi. Demak, bu holatda o‘qimoqchi bo‘lgan to‘rt rakat farz namozini qayta o‘qiydi. (Muxtasarul Quduriy, Al-Lubob kitoblari). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar