Ko‘pincha guvoh bo‘lamizki, ba’zi namozxonlar namozlaridan keyin o‘qilgan barcha namozlarini (farz, sunnat) savoblarini o‘tganlarga bag‘ishlaydilar. Farz ibodatlarni savobini ham o‘tganlarga bag‘ishlash mumkinmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Ibodatlarning savobini marhumlarga bag‘ishlash joiz. Hattoki farz ibodatlarni savobini ham. "Raddul muhtor" kitobida shunday deyiladi:
وفي البحر: من صام أو صلى أو تصدق وجعل ثوابه لغيره من الاموات والاحياء جاز، ويصل ثوابها إليهم عند أهل السنة والجماعة، كذا في البدائع، ثم قال: وبهذا علم أنه لا فرق بين أن يكون المجعول له ميتا أو حيا والظاهر أنه لا فرق بين أن ينوي به عند الفعل للغير أو يفعله لنفسه بعد ذلك يجعل ثوابه لغيره، لاطلاق كلامهم، وأنه لا فرق بين الفرض والنفل اه
“"Bahr" kitobida: "Biror kishi ro‘za tutsa yoki namoz o‘qisa yoki sadaqa bersa va shu ishni savobini vafot etganlarga va tiriklarga bag‘ishlash joiz. Ahli sunna val jamoa nazdida unini savobi ularga yetib boradi. "Badoi’" kitobida ham shunday kelgan. So‘ngra musannif (Ibn Obidin) aytadilar: "Yuqoridagi so‘zlardan ma’lum bo‘ladiki, savob hadya qilinayotgan inson vafot etgan yoki tirik bo‘lishini farqi yo‘qdir. Yana, bir ibodatni boshqa inson uchun, deb niyat qilishi yoki uni o‘zi uchun qilib, savobini boshqaga bag‘ishlashining farqi yo‘qligi ulamolar so‘zlarining umumiyligidan ma’lumdir. Qolaversa savobini bag‘ishlashda farz va nafl ibodatlar o‘rtasida ham farq yo‘qligi ochiqdir” ("Raddul muhtor" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.