FAHSH SO‘ZLAR TAHORATNI BUZADIMI?

ID: 254

04.04.2025

73

Savol:

Insonni tilidan fahsh so‘zlar chiqsa tahorat buziladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Insonning tilidan fahsh so‘zlarning chiqishi uning tahoratini sindirmaydi. Lekin yangi tahorat olishi mustahab hisoblanadi.

وَمِنْهَا الْوُضُوءُ بَعْدَ الْغَيْبَةِ وَبَعْدَ إنْشَادِ الشِّعْرِ

"G‘iybat qilgandan, hamda ma’nosiz sherlar o‘qigandan keyin tahorat qilish mustahab bo‘lgan o‘rinlardandir". (Fatovoyi Hindiya). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar