Dinimizda erkak qo‘y va echkilarni bichish haqida nima deyilgan? Bu ish gunohmi yoki gunoh emasmi? Ba’zi bir insonlar joiz deyishyapti, shu haqida to‘liqroq ma’lumot bersangiz. Alloh rozi bo‘lsin!
Bismillahir rohmanir rohiym.
Qo‘y, echki va mollarni semirtirish va go‘shti shirin bo‘lishi uchun bichishga shariatimiz ruxsat beradi. Bu haqida "Mavsua’tul fiqhiyya" kitobida bunday deyilgan:
قرر الحنفية أنه لا بأس بخصاء البهائم ؛ لأن فيه منفعة للبهيمة والناس
ya’ni: "Hanafiylar hayvonlarni bichishda zarar yo‘qligiga qaror qilgan. Chunki, ularni bichishda hayvon va odamlarga foyda bor". Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.