SAJDAI SAHVNI HAM UNUTSA NAMOZNI QAYTA O‘QIYDIMI?

ID: 237

04.04.2025

62

Savol:

Namozda sajdai sahvni unutsa nima qiladi, namozni qayta o‘qiydimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Namozning vojiblaridan biri tark qilinsa va sajdai sahv qilinmasdan namoz tugatilsa, uni qayta o‘qish vojib bo‘ladi.

(وَلَهَا وَاجِبَاتٌ) لَا تَفْسُدُ بِتَرْكِهَا وَتُعَادُ وُجُوبًا فِي الْعَمْدِ وَالسَّهْوِ إنْ لَمْ يَسْجُدْ لَهُ، وَإِنْ لَمْ يُعِدْهَا يَكُونُ فَاسِقًا آثِمًا وَكَذَا كُلُّ صَلَاةٍ أُدِّيَتْ مَعَ كَرَاهَةِ التَّحْرِيمِ تَجِبُ إعَادَتُهَا وَالْمُخْتَارُ أَنَّهُ جَابِرٌ لِلْأَوَّلِ ، لِأَنَّ الْفَرْضَ لَا يَتَكَرَّرُ

"Namozning vojiblari bo‘lib, ularni tark qilish bilan namoz buzilmaydi. Vojiblar bilib turib tark qilinsa, u namozni qayta o‘qish vojib bo‘ladi. Xuddi shunday biror vojibni unutib tark qilsayu sajdai sahv qilmasa ham, namozni qayta o‘qiydi. (Mana shu holatlarda namozni) qaytarib o‘qimasa fosiq-gunohkor bo‘ladi. Xuddi shunday har bir makruhi tahrimiy bilan ado qilingan namozni qayta o‘qish vojib bo‘ladi. Ixtiyor qilingan so‘zga ko‘ra qayta o‘qilgan namoz avvalgisini mukammal qiluvchi bo‘ladi. Chunki farz takrorlanmaydi" ("Durrul muxtor" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar