Assalomu alaykum domla savolim shu ediki Payğambarimiz har bir insonni shaytoni buladi meni shaytonim Allohning yordami bilan musulmon buldi dedilar yana eshitganmizki har bir odam bolasi tuğilganda bitta shayton bolasi tuğiladi shunda biz vafot etganimizda bizga qushilib usha shayton ham vafot etadimi yoki shaytonlarning rahbari Azozil kabi qiyomatgacha yashaydimi javob uchun oldindan rahmat Alloh ilmizdi ziyoda qilsin
Darhaqiqat, har bir insonga jinlardan bir qariyn, ya’ni hamroh vakil qilinishi haqida sahih hadis bor. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Sizlardan har biringizga albatta jinlardan bo‘lgan hamroh (qariyn) vakil qilingandir». (Sahobalar:) «Sizga hammi, yo Rasulalloh?» deb so‘rashdi. U zot: «Menga ham. Lekin Alloh menga unga qarshi yordam berdi, u musulmon bo‘ldi va menga faqat yaxshilikni buyuradi», dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Shuni ta’kidlash lozimki, hadisda "shayton tug‘iladi" deyilmagan, balki insonga "vakil qilinadi" deyilgan. Inson vafot etganidan so‘ng o‘sha unga biriktirilgan shaytonning taqdiri nima bo‘lishi, ya’ni o‘lishi yoki Iblis kabi qiyomatgacha yashashi haqida shariatda aniq bir xabar kelmagan. Bu g‘aybiy ishlardan bo‘lib, u haqda faqat Qur’on yoki hadisda kelgan dalilga suyaniladi.