ETIKKA MASX TORTISH HAQIDA?

ID: 6130

13.01.2026

46

Savol:

Qish faslida etikka masx tortish joizmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Qo'nji to'piqdan baland etikka mash tortish joiz. Ammo namoz o'qish uchun uni echilganida oyoq tahoratsiz bo'lib qoladi. Shuning uchun uni echmasdan o'qish kerak bo'ladi. Yaqin tarixda masjidlar eshigi oldida etik ustidan kiyib olinadigan paypoqsimon xaltalar bo'lgan. Etikning changi masjidni iflos qilmasligi uchun etik ustidan kiyilib namoz o'qilgan va chiqishda echib ketilgan. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar