"ERKAKLARGA KUMUSH HAM HALOL EMAS"MI?

ID: 261

04.04.2025

42

Savol:

Bir ilmli kishi: “Erkaklarga aslida kumush ham halol emas”, dedi. Shu gap qanchalik o‘rinli?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ha, erkaklar ham, ayollar ham tilla va kumush idish va anjomlardan foydalanishlari shar’an joizmas. Huzayfa raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Tilla va kumush idishlarda ichmanglar. Ipak va debojni kiymanglar. Chunki o‘shalar bu dunyoda ular uchun, oxiratda sizlar uchun”, deganlar (Imom Nasaiy rivoyati).

Shariatimizda tilla va kumushni turmush anjomi sifatida ishlatishning harom qilinganining o‘z hikmati bor. Tilla va kumushdan turli asbob-anjomlar tutishga ruxsat bo‘lsa, boylar bu borada o‘zaro kimo‘zarga musobaqa qilgan bir paytda kambag‘allarning ko‘ngli sinib, parishonhol bo‘lishlari yuzaga keladi. Dinimiz esa bu holatga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi.

Shu bilan birga erkaklar kumushdan uzuk yasab taqib, foydalanishlari mumkin. Bunga ko‘plab hadisi shariflarda Payg‘ambarimiz alayhissalomning kumush uzuk taqqanlari rivoyat qilingani dalil bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar