Erkaklar ehromdalik paytida qanday poyafzal kiyishlari kerak?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Erkaklar ehromda to‘piqni yopmaydigan oyoq kiyim kiyishlari talab etiladi. Bu masalada to‘piq deyishdan oyoqning ustki yuzasidagi oyoq kiyimlarning ipi bog‘lanadigan o‘rindagi bo‘g‘in nazarda tutiladi. Shundan kelib chiqib ehromda shippak, tapochka kabi poyafzallarni kiyish joiz. Oyoq yuzasidagi bo‘g‘inni yopadigan oyoq kiyimlarni kiyish joiz emas. Bundan tashqari ehrom talabiga javob beradigan poyafzallar turib, yumshoqroq bo‘lgani uchun boshqa, masalan cheshka kabi oyoq kiyimlarini orqasini kesib yuborib yoki ezib pastlatib kiyish makruhdir. (Raddul muhtor, G‘unyatun nosik). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.