ERKAK VA AYOL BILLA JAMOAT BOʻLIB NAMOZ OʻQISH

ID: 3653

27.10.2025

83

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Men dadam bilan jamoat boʻlib namoz oʻqimoqchidim. Men va dadam qanday niyyat qilamiz

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Agar ikki yoki undan ortiq kishilar jamoat bo‘lib namoz o‘qimoqchi bo‘lsalar, oralaridan birlari imom, qolganlari iqtido qilib o‘qiydilar. Shunda iqtido qilganlar niyatlarig Qiblaga yuzlangan holda, imomga iqtido qilib, o‘qishni niyat qildim” deb, qo‘shadilar. Imom bo‘lgani esa niyatning lafzlarda aynan biror qo‘shimcha qo‘shishlari shart emas. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar