ERIMDAN ENAGA TALAB QILISHGA HAQLIMANMI?

ID: 672

04.04.2025

41

Savol:

Men dinimiz tarixi bilan tanishganimda xatto payg‘ambarimizni ham enaga tarbiyalaganini o‘qib bildim. Erimning moliyaviy jihatdan imkoniyati yetishini hisobga olib, men ham erimdan farzandimga enaga yonlashni talab qilsam bo‘ladimi? Erim unga bunday talab qo‘yishga shar’an xaqqim yo‘qligini ta’kidlayapti. Bu borada mening shar’iy xuquqim qanday?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Er boy bo‘lsa, ya’ni zakot beradigan darajadagi mablag‘ga ega kishi bo‘lsa, ayol eridan xizmatkor talab qilishga haqqi bor. Lekin Imom Abu Lays Samarqandiy “An-Navozil” nomli kitobda: “Ayol o‘z vazifalarini bajarishga qodir bo‘lsa, eri undan o‘z xizmatlarini bajarishni talab qiladi”, deganlar. Ya’ni, unga xizmatkor olib berilmaydi.

Demak, bu masalada ko‘proq yashab turgan joyingizning urfiga qaraladi. Garchi haqqingiz bo‘lsa-da, xizmatkor talab qilishingiz ortidan oilada tushunmovchilik, sovuqchilik va eng yomoni oilaning buzilishi kelib chiqadigan bo‘lsa, bu haqdan kechgan afzal bo‘ladi. Chunki oilaning buzilishi evaziga erishilgan haqning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proqdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar