Er xotin o‘rtasida ko‘p bahslar bo‘lib turadi. Lekin er xotiniga og‘izga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishi haqida shariatda nima deyilgan?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Savolning javobi hayz 10 kundan keyin, yoki 10 kundan har qancha jahli chiqsa ham, erkak ayolni haqorat qilmasligi kerak. Balki oilani siyosati, adolati bilan boshqarishi lozim. Payg‘ambarimiz alayhissalomdan ayolning er ustidagi haqlari so‘ralganda shunday deganlar:
أن تطعمها إذا طعمت وتكسوها إذا اكتسيت ولا تضرب الوجه ولا تقبح ولا تهجر إلا في البيت
"O‘zingiz taomlansangiz unga ham yedirishingiz, kiyinsangiz kiyintirishingizdir. Yuziga urmang, haqorat qilmang, alohida yotsangiz (bu ishni faqat) uyda qiling" (Imom Ahmad, Imom Abu Dovud va Imom Ibn Moja rivoyatlari).
O‘z o‘rnida ayol kishi ham aql bilan ish yuritishi, erkak uni uy-joy, yedirish, kiyintirishni o‘rtacha bajarib turgan bo‘lsa, yanayam ko‘prog‘ini talab qilavermasligi kerak. Qanoatli bo‘lishi, qiyinchiliklarga sabrli bo‘lishi, erning roziligini olishni ko‘zlashi kerak. Zero hadisi sharifda:
أيما امرأة ماتت وزوجها عنها راض دخلت الجنة " رواه الترمذي
"Qaysi ayol vafot etsayu eri undan rozi bo‘lsa, jannatga kiradi", deyilgan. (Imom Termiziy rivoyatlari). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.