Er xotiniga yoki xotin eriga qon bersa bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ha, zarurat bo‘lganda er xotiniga, xotin eriga qon berishi joiz, muboh ishdir. Balki bu ishi uchun savobga ham erishadi. Shuni ta’kidlash kerakki, qon berish xolis bo‘lishi, u uchun haq olinmasligi kerak. Chunki qon najosat bo‘lib, uni sotish joiz emas. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.