Er-xotin sunnat namozlarni yonma-yon turib o‘qishligi mumkinmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Er-xotin yoki bir ayol va bir erkak imomga iqtido qilmagan holda bir xil namozni yoki boshqa boshqa namozlarni yonma-yon o‘qishligi makruhi tahrimiy (haromga yaqin amal) hisoblanadi. "Roddul muhtor" kitobida quyidagicha keltirilgan:
فمحاذاة المصلية لمصل ليس في صلاتها مكروهة لا مفسد
Namoz o‘qiyotgan ayol o‘zining namozida (erkak bilan bir xil namoz o‘qiyotgan bo‘lsada, bir imomga iqtido qilmagan bo‘lsa yoki alohida-alohida namoz o‘qiyotgan bo‘lsa) namoz o‘quvchi erkak kishiga barobar bo‘lishligi makruh bo‘ladi. Lekin namozni buzmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.