ER-XOTIN MUNOSABATLARI

ID: 5000

11.12.2025

353

Savol:

Er o'z ayolini ko'kragini o'psa bo'ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Er o'z ayolining ko'kragidan so'rishi sababli uning o'g'liga aylanib qolmaydi. “Farzandiga aylanish” masalasida Hanafiy mazhabimizdagi asl qoida shuki, Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhga ko'ra ikki yarim yosh, Imom Abu Юsuf va Imom Muhammad rahmatullohi alayhlarga ko'ra ikki yoshga to'lmagan bola onasidan boshqa ayolni emsa yoki sutidan ichsa, bu bola o'sha ayolning “Emizgan farzandi”ga aylanadi. Bu haqida fiqhiy manbalarimizda shunday deyiladi:

و يَثْبُتُ بِمَصَّةٍ في حَوْلَيْنِ وَ نِصْفٍ...

ya'ni: “Ikki yarim yil ichida emish bilan hurmat (mahramlik) sobit bo'ladi” (“Muxtasarul viqoya” kitobi).

وَإِذَا مَضَتْ مُدَّةُ الرَّضَاعِ لَمْ يَتَعَلَّقْ بِالرَّضَاعِ تَحْرِيمٌ

ya'ni: “Razo'at (emizish) muddati (ikki yarim yil) o'tgach, emizish sababli mahramlik bog'lanmaydi (paydo bo'lmaydi)” (“Hidoya” kitobi).

وَوَقْتُ الرَّضَاعِ فِي قَوْلِ أَبِي حَنِيفَةَ - رَحِمَهُ اللَّهُ تَعَالَى - مُقَدَّرٌ بِثَلَاثِينَ شَهْرًا وَقَالَا مُقَدَّرٌ بِحَوْلَيْنِ هَكَذَا فِي فَتَاوَى قَاضِي خَانْ

ya'ni: “Razo'at (emizish) vaqti – Imom Abu Hanifa rahimahullohning qavllariga ko'ra o'ttiz oy deb belgilangan. Imom Abu Юsuf va Imom Muhammad rahimahumalloh ikki yil deganlar. Fatovoi Qozixonda shunday deyilgan” (“Fatovoi Hindiya” kitobi).

“(Emizish muddati) Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh nazdilarida ikki yarim yil, Imom Abu Юsuf va Imom Muhammad rahmatullohi alayhlar nazdilarida esa, faqat ikki yil. Fatvo shunga berilgan (“Durrul Muxtor” kitobi).

Demak, ushbu mo'tabar manbalarda keltirilgan ulamolarning ijtihodlari, fatvolaridan ma'lum bo'ladiki, biz o'rganayotgan masala, ya'ni, “er-xotin o'rtasidagi ba'zi munosabatlar” sababli mahramlik (ona-bolalik) юzaga kelmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar