ER XOTIN MUNOSABATLARI

ID: 14179

03.07.2026

256

Savol:

Assalomu aleykum Men o‘tgan yildan beri telefon dan psihalogiyada o‘qib kelayotgan edim turmush o‘rtog‘im endi shuni ko‘rib sen qandaydir psihologlarda o‘qiyapsan deb telefonimni olib qo‘ydilar lekin men ilm olish uchun berkitib tutayotgandim agar berkitib tutayotgan bo‘lsang rozimasman dedila shunda taloq tushgan bo‘ladimi

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barakatuh. Eringizni bu gapi bilan taloq tushmaydi. Lekin siz ham yashirib telefon tutma degan bo'lsa, yashirib telefon tutmang. Ilm olishda erning ruxsati kerak emas degan gaplar, farzi ayn bo'lgan, ayol bu ilmlarni bilmasa gunohkor bo'ladigan ilmlar haqida aytilgan. Psixalogiyani bilmasa gunoh bo'lmaydi. bunday ilmlarni erining ruxsati bilan o'rganish kerak bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar