ER XOTIN BIR-BIRLARIGA QARZ BERSA BO‘LADIMI?

ID: 440

04.04.2025

15

Savol:

Er xotin bir-birlariga qarz bersa yoki olib tursa bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ha bo‘ladi. Har bir kishi o‘z mulkini xohlagancha tasarruf qilishi mumkin. Er ayolining nafaqasidan tashqari biror hojati uchun qarz berishi mumkin. Yoki ayol o‘z pulidan eriga qarz berib turishi ham mumkin. Mabsut kitobida:

التصرف في ملكه مباح له مطلقا

"O‘z mulkida tasarruf qilishlik mutloq mubohdir", deyilgan.

Lekin, bunday vaziyatda er xotin bir birlariga beradigan mablag‘ni qarz deb emas, balki  hadya, tuhfa deb bersalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, musulmonlar bir birlariga hadya ulashishi dinimiz ta’limotidir. Shunday ekan  er xotin bir birlariga hadya berishlari bilan o‘zaro muhabbat, oila mustahkamligi taminlangan bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar