ER-XOTIN BIR-BIRINI JINSIY A’ZOSINI USHLASHI MUMKINMI?

ID: 878

04.04.2025

1645

Savol:

Uyatli bo‘lsa ham yozdim. Er-xotin bir-birini jinsiy a’zosini ushlashi mumkinmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Har bir ishning shar’iy hukmini so‘rab o‘rganish zimmamizdagi vojiblardan hisoblanadi. Siz orqali boshqa musulmonlar ham mazkur ishning hukmini bilib olishlari, siz uchun ham, boshqalar uchun ham manfaatlidir.

Ulamolar takidlashicha aslida eri-xotinlar bir-birlaridan to‘laqonli foydalanishi mubohdir. Joiz bo‘lmagan jihatlarni shar’iy nass (dalil) bayon qilganlari bundan mustasno bo‘ladi. Masalan: ayolning orqa avratiga jinsiy aloqa qilish, hayz va nifos holatida jinsiy yaqinlik qilish mumkin emasligi shular jumlasidandir. Ya’ni bular shar’iy dalillar bilan taqiqlangan, harom ishlardir. Ammo er-xotinlar bir-birlarining jinsiy a’zolarini ushlashi quyidagi dalillar bilan joizdir:

Asl qoidaga ko‘ra mazkur ish umumiy muboh qoidasi ostiga kiradi. Uni ta’qiqlovchi dalil yo‘q. Foydalanishning eng yuqori ko‘rinishi bo‘lgan jinsiy yaqinlik joiz bo‘lgandan keyin, a’zolarni ushlash (silash) o‘z-o‘zidan joizligi ma’lum bo‘ladi. Alloh taolo Qur’oni karimda:

نِسَاؤُكُمْ حَرْثٌ لَكُمْ فَأْتُوا حَرْثَكُمْ أَنَّى شِئْتُمْ  [البقرة : 223]

ya’ni: “Xotinlaringiz sizlar uchun ziroatgohdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan jihatingizdan kelaveringiz…” – deb marhamat qilgan (Baqara surasi 223-oyat).

Alloma Ibn Obidin rahimahulloh shunday deydilar:

سَأل أبو يوسف أبا حنيفة عن الرجل يمس فرج امرأته وهي تمس فرجه ليتحرك عليها هل ترى بذلك بأساً؟ قال: لا, وأرجو أن يعظم الأجر

Ya’ni: “Imom Abu Yusuf Imom Abu Hanifa rahimahullohdan: “Er ayolining jinsiy azosini va ayol erining jinsiy a’zosini shahvati qo‘zg‘ashi uchun ushlashida biror gunoh bormi?” – deb so‘radilar. Imom Abu Hanifa rahimahulloh: “Yo‘q! Ajri ko‘proq bo‘ladi, deb umid qilaman”, – deb javob berdilar" (“Raddul-Muhtor” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar