Assalomu alaykum. Erim rassiyaga ishlagani ketganlar. 2 ta bo‘lamiz bor. U yerda menga xiyonat (zino) qilayaptilar. Men 1 oydan beri erim bilan gaplashmayapman. Telefonlariga javob bermayapman. Avval ularni juda juda yaxshi ko‘rardim, xizmatlarini yaxshi ko‘rib qilardim. Ularni xizmatlarini qilish menga yoqardi.Hozir esa ovozlarini eshitgim ham,o‘zlarini ko‘rgim ham kelmayapti.U kishidan jirkanayapman.Allohim kechirsin.Hozir nima qilishni bilmayapman,telefonni ko‘tarsam yana urush janjal, so‘kish eshitaman.Maslahat bering nima qilay
Zino dinimizdagi eng og‘ir gunohlardandir va eringiz bu amali uchun oxiratda albatta o‘zi javob beradi. Sizning undan o‘pkalashingiz va u bilan muloqotni to‘xtatishingiz insoniy jihatdan tabiiydek tuyulishi mumkin, biroq bunday muomala qilish shar’iy jihatdan to‘g‘ri emas. Zero, nima bo‘lgan taqdirda ham, u sizning shar’iy juftingiz va oila boshlig‘idir. Hozir siz qila oladigan eng to‘g‘ri munosabat – unga hikmat bilan pand-nasihat qilish, shariat hukmini va qilmishining oqibatini eslatishdir. Sabr qilib, Allohdan madad so‘rang va eringizning xatosi sabab oilani parokanda qilishdan saqlaning.