ER XOTIN

ID: 2833

26.09.2025

261

Savol:

Assalomu aleykum Turmush o‘rtog‘im Hozirda Rossiya da ishga ketganiga 5 oy bo‘ldi. Rossiya da ko‘p qolib, oilasini yolg‘iz qoldirishi mumkinmi? Uzog‘i 6 oyda kelish kerak deb eshitganman. Agar kelmasa er xotinligi qolmaydimi?

Javob:

Shariatimizga ko‘ra, turmush o‘rtog‘ingizning uzoq vaqt safarda yurishi bilan nikohingiz o‘z-o‘zidan buzilmaydi. Ammo, er safardaligida ayolini nafaqa va boshpana bilan to‘liq ta’minlashi shart. Demak, olti oy yoki undan ko‘proq vaqt o‘tsa ham, sizlar shar’an er-xotin bo‘lib qolaverasizlar.

Siz eshitgan olti oylik muddat Hazrati Umar roziyallohu anhuning o‘z davrlarida askarlar uchun joriy qilgan qoidasi bo‘lgan, lekin bu ham taloqni anglatmagan.

Agar erning yo‘qligi sababli ayolga zarar yetadigan bo‘lsa, er uyga qaytishi yoki ayolini ham o‘zi bilan olib ketishi lozim bo‘ladi. Aks holda unga zulm qilayotgan bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar