Er vafot qilgach ayol mahrdan kechishi mumkinmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Mumkin, qachonki ayol bunga majburlanmasa. Ya’ni er vafot qilgach, ayol o‘z roziligi bilan, atrofdagi kishilarning targ‘ibotisiz o‘z ixtiyori bilan mahrdan kechsa, bu shar’an joiz bo‘ladi.
ولا بد في صحة حطها من الرضا حتي لو كانت مكرهة لم يصح
“Ayol kishi mahrdan kechishligida uning rozi bo‘lishligi shart. Agar ayol buni majburan bajarsa, to‘g‘ri emas”. (Bahrur royiq, bobul mahr 3 jild, 264 bet). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.