ER VA XOTIN NAMOZI JAMOAT NAMOZI HISOBLANADIMI?

ID: 262

04.04.2025

257

Savol:

Ayolim men bilan oldima-ketin turib namoz o‘qisa u ham jamoat namozi hisoblanadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ayol kishi farz namozida eriga iqtido qilsa, ularning o‘qigan namozlari jamoat bilan ado topgan bo‘ladi. 

Bu borada Alloma Ibn Obidin rahimahulloh shunday deganlar:

لو جمع بأهله لا يكره وينال فضيلة الجماعة لكن جماعة المسجد أفضل

“Kishi ahli oilasini jamlab, (namoz o‘qisa) makruh bo‘lmaydi va jamoatning fazilatiga yetishadi. Lekin masjidning jamoati afzaldir” (“Raddul muhtor” kitobi).

Demak, masjidda o‘qilgan jamoat namozi mutlaq hamma namozlardan – masjiddan boshqa joylarda yolg‘iz yoki jamoat bo‘lib o‘qilgan namozlardan mutlaq afzal sanaladi. Chunki masjiddagi jamoat uchsun va u yerga chiqishdagi har bir qadam uchun ajru savoblar va’da qilingan. Masjiddan boshqa o‘rinlarda yolg‘iz namoz o‘qigandan ko‘ra kishi ayoli yoki balog‘atga yetgan  yosh bola bilan jamoat bo‘lib namoz o‘qigani afzal sanaladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar