ER AYOLIGA "KO‘ZINGGA QALAM QO‘YSANG TALOQSAN" DESA...

ID: 801

04.04.2025

75

Savol:

Er ayoliga "Ko‘zingga qalam tekkizsang taloqsan", - desa, ayoli qovog‘iga va kiprigiga qalam tekkizsa taloq tushadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Siz aytgan holatda erning niyati so‘raladi. Agar er “Men ko‘zingga qalam tekkizsang, degan gapimda qovoqni, kiprikni ham niyat qilganman, desa, taloq tushadi. Taloq er aytgan ish yuzaga chiqqandan keyin tushadi. Hali qilmagan bo‘lsa, toki o‘sha ishni qilmagunicha tushmaydi. Chunki odatda ko‘zga deyilganda o‘sha a’zolar tushunilishi mumkin. Chunki ko‘z shaffof narsa bo‘lib unga hech narsa tekkizib bo‘lmaydi. Yoki er haqiqatan ko‘zni o‘zini niyat qilgan bo‘lishi mumkin. Bu bizga qorong‘u narsa. Shuning uchun bu masala yuqorida aytilganidek jonli majlisda hal qilinadi.

Qolaversa, ayollar ham er biror ishni buyursa, qaysarlik qilib, bo‘yin tovlamay bajarsa, er taloq so‘zini og‘ziga olishga majbur bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar