Taxorat qilib bolgandan so'ng bola yig'lab qolsa va uni emizsa taxorat buziladimi
Bismillahir Rohmanir Rohim. Emizish tahoratni buzmaydi. Чunki hanafiy fiqh kitoblarimizda tanadan chiqadigan va najosat bo'lmagan narsalar tahoratni buzmasligi bayon qilingan. Sut najosat bo'lmagani uchun uning chiqishi tahoratni sindirmaydi. Vallohu a'lam.