Men bir qizga sovchi qo’ydim qizning uyidagilar rozi lekin qizning onasi meni yoshligimda bir marta emizgan 2.5 yoshdan kichik bolganman bizga nikoh joizmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ikki yoshga to‘lmagan go‘dak biror ayolni emsa, shu ayol bolaga sut ona bo‘lib, mahramga aylanadi. Eri ota hukmida, farzandlari aka singil hukmida bo‘ladi. Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam: «Nasab tufayli harom bo‘lganlar emish tufayli ham harom bo‘lurlar» (Imom Muslim rivoyati) deganlar. Ya’ni nasab aloqasi bo‘ycha qaysi toifa ayollarning nikohi harom bo‘lsa, emizish orqali (birovning bolasini begona ayol emizishi tufayli) ham o‘sha toifa ayollarning nikohi harom bo‘ladi. Misol uchun, tuqqan onasining nikohi harom bo‘lganidek, emizgan onasining ham nikohi harom bo‘ladi. Tug‘ishgan singlisining nikohi harom bo‘lga¬nidek, emikdosh singlisining nikohi ham harom bo‘ladi va hokazo. Shu e’tibordan quyidagilar harom bo‘ladi. Demak, bunday aka singillar o‘rtasida nikoh bog‘lanmaydi. Bordiyu, bilmasdan nikoh qilingan bo‘lsalar yoki unashtirilgan bo‘lsalar tezda nikohni to‘xtatish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Vallohu a’lam.