SOLATUN NARIYA

ID: 12327

21.05.2026

62

Savol:

Assalomu alaykum. "Salotun nariya"ni necha kunda o'qib tugatish kerak?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. “Solatun nariya” salavoti Qur'oni karimda yoki hadisi shariflarda kelmagan. Ammo bu mazkur salavotni o'qib bo'lmaydi, degan xulosa keltirib chiqarmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish eng ulug' amallardan hisoblanadi. Bunda kishi o'zi istagan salavotni o'qishi mumkin. Jumladan, “Solatun nariya” salavotini ham. Ulamolarning tajribalariga ko'ra, ushbu salavotni yaxshi bir narsani niyat qilib 4444 marta o'qilsa, Allohning izni bilan maqsad hosil bo'lishi umid qilinadi. Bizning юrtlarda bu salavotni ko'proq boshga musibat tushganda o'qish yo'lga qo'yilgan. Iloji bo'lsa, ozroq muddatda o'qigan yaxshiroq. Ammo inson o'z imkoniyati va vaqtiga qarab, bu adadni bir necha kun ichida bo'lib o'qishi joiz. Asosiy shart o'qish jarayonida qalbning hozir bo'lishi, ixlos va duo ijobat bo'lishiga qat'iy ishonishdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar