Amerikadagi юk mashinalari, furalar ustaxonasida daromad qilish uslubi юzasidan menda savol tug'ildi. Quyidagi ikki holat deyarli barcha ustaxonalarning pul topish uslubi bo'lib qolgan: 1) Ehtiyot qismlar buюrtma tushganidan keyin dilerlardan olinadi. Biz doimiy mijoz bo'lganimiz uchun dilerlar bizga ehtiyot qismlarni 50% gacha chegirma bilan berishadi. Biz ushbu chegirmani saqlab qolgan holda, ustiga yana foyda qo'yib mijozga sotishimiz to'g'ri bo'ladimi? Masalan, 50 dollarga olingan qismni 100 dollarga sotish. Vaholanki, mijoz dilerning o'ziga borsa ham baribir 100 dollar atrofida sotib oladi. 2) Ish haqi soatbay, taxminan 130 dollar qilib belgilangan. Ish vaqti va narxini hisoblovchi maxsus dastur mavjud. Dastur qancha summa chiqarsa, mijozdan shuni olamiz. Lekin dastur vaqtni ortig'i bilan hisoblaydi. Masalan, bir ishni 4 soatda bajarsak-da, dastur uni 10 soatlik ish deb hisoblaydi. Shu tariqa amaldagi ishga nisbatan 2-3 barobar ko'p vaqt yoziladi. Shunday yo'l bilan daromad qilish joizmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. 1) Agar siz mahsulotni o'zingiz sotib olib, keyin uni mijozga bozor narxida yoki kelishilgan narxda sotsangiz, bunga hech qanday monelik yo'q. Shariatimizda savdo-sotiq halol qilingan bo'lib, siz o'z mulkingizga aylangan ehtiyot qismlarning ustiga ma'lum miqdorda foyda qo'yib sotishingiz joizdir. Ammo, mijozga "men buni qimmatga olganman" deb yolg'on gapirmaslik va narx borasida o'zaro rozilik bo'lishi shartdir.
2) Bunday vaziyatlarda ish haqini soatbay, ya'ni vaqtga qarab emas, balki ishbay, ya'ni bajarilgan ish hajmiga qarab kelishib olish lozim. Maxsus dasturdan faqatgina ishning qiymatini oldindan belgilash va mijoz bilan narxni kelishish uchun foydalanish mumkin. Shunda ishni dasturdagidan tezroq tugatsangiz ham, kelishilgan haqni olishingiz halol bo'ladi. Ammo mijozga haqiqatda sarflanmagan vaqtni "sarflandi" deb aytish yoki arzimas ish uchun asossiz ko'p soat yozish orqali aldash shariatda joiz emas. Vallohu a'lam.