EHTILOM

ID: 4514

25.11.2025

50

Savol:

Ehtilom bo'lib qolganda zikr va salovatlarni arabcha matnini o'qib aytsa bo'ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Uzrli ayollar, janobat etgan kishilar Alloh taoloning go'zal ismlarini aytishlari mumkin. Chunki bunday insonlar Qur'oni karimdagi sura va oyatlarni o'qishlari mumkin emas xolos. Qur'ondan boshqa zikr va duolarni o'qishlari, azonga javob berishlari hamda Alloh taoloning go'zal ismlarini o'qishlari mumkin. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar