EHROMGA KIRMOQCHI BO‘LGAN AYOL HAYZ KO‘RIB QOLSA

ID: 269

04.04.2025

162

Savol:

Haj qilishda avval umra qilish maqsadida Zulhulayfadan ehromga kirmoqchi bo‘lgan ayol hayz ko‘rib qolsa, qanday yo‘l tutadi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Haj yoki umra qilmoqchi bo‘lgan ayol hayz ko‘rib qolsa, albatta miyqotdan ehromga kirishi lozim bo‘ladi. Ehromga kirish uchun poklik (tahorat) shart qilinmaydi. Qolaversa, miyqot hududidan ehromsiz o‘tish joiz emas. Ehromga kirib, Makkaga yetib borgandan so‘ng hayzdan pok bo‘lguncha Masjidul haromga kirishdan saqlanib turadi. Hayzdan pok bo‘lgach, g‘usl qilib umra yoki haj amallarini bajaradi. Mo‘tabar manbalardan “Hidoya” asarida bu borada shunday deyiladi:

وإذا حاضت المرأة عند الإحرام اغتسلت وأحرمت وصنعت كما يصنعه الحاج غير أنها لا تطوف بالبيت حتى تطهر

Agar ayol kishi ehromga kirish chog‘ida hayz ko‘rib qolsa, g‘usl qiladi va ehromga kirib, hojilar qiladigan amallarni qilaveradi. Lekin to hayzdan pok bo‘lmaguncha Baytullohni tavof qilmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar