EHROMDAGI KISHI O‘NG YELKASINI OCHIB NAMOZ O‘QISHI MUMKINMI?

ID: 188

04.04.2025

92

Savol:

Erkaklar ehromda o‘ng yelkasini ochib, chap yelkasini yopib Kab’ani tavof qilishadi. Shu holatda namoz o‘qishning zarari yo‘qmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ehrom matosini o‘ng qo‘ltig‘dan chiqarib, chap yelkaga tashlab, o‘ng yelkani ochiq qoldirish iztibo’ deyiladi. Iztibo’ ko‘pchilik o‘ylagandek ehrom bog‘lagandan ehromdan chiqqunicha davom etmaydi. Balki ortida sa’y amali bo‘lgan tavofda sunnat hisoblanadi. Qolaversa, iztibo’ni tavof qilishdan ozgina oldin qilib olib, tavof tugagandan keyin, ikki rakat tavof namozini o‘qishdan oldin tugatadi. Ya’ni ehrom matosi bilan o‘ng yelkani ham yopadi va shu bilan ehromdan chiqqunicha ochmaydi.

وينبغي أَنْ يكونَ الاضطباع قبل الشروع في الطواف بقليلٍ. ذكره ابنُ الهُمَام، يعني لا اضطباع من أَول الإِحرام كما يَفْعَلُه العوام، ولا في السَّعْي، كما صرح به في «البدائع». وكذا في «العناية شرح الهداية»، ثُم الاضطباع سُنَّةٌ في جميع أَشواط الطواف

“Iztibo’ tavofdan biroz avval qilinadi. Ibn Humom shunday zikr qilgan. Ya’ni Iztibo’ ayrim odamlar qilayotgandek ehromga kirishdan boshlanmaydi. Shuningdek, safo va marva orasidagi sa’yda ham iztibo’ qilinmaydi. Bu gap “Badoye’” da “Inoya”da ochiq aytilgan. Qolaversa, iztibo’ tavofning yetti aylanasida ham sunnat hisoblanadi”. (Sharhul viqoya).

(إزاراً) أي يستر العورة (ورداء) يستر الكتفين، فإن الصلاة مع كشفهما أو كشف أحدهما مكروهة وإنما يسن الاضطباع حال الطواف فقط

"Ehromdagi kishi avratini yopadigan izor va ikki yelkasini yopadigan rido kiyadi. Chunki ikki yelka yoki birini ochgan holda namoz o‘qish makruhdir. Iztibo’ faqatgina Kab’ani tavof qilish jarayonida sunnat hisoblanadi". (Irshodus soriy). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar