Ehromdagi kishi tish pastasidan foydalanishi joizmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ehromda ta’qiqlangan narsalardan biri — xushbo‘yliklardan saqlanishdir. Hatto fuqaholarimiz xushbo‘y narsani iste’mol qilish ham joizmasligini ta’kidlaganlar.
Lekin tish pastasiga aralashtirilgan xushbo‘ylik miqdori ko‘p bo‘lmagani sababli ehrom holatida tish yuvish sadaqa yoki qurbonlikni vojib qilmasada, makruh bo‘ladi ("Fatavoi rahimiyya" kitobi).
Demak, zarurat bo‘lmasa, ehromdagi kishi tish pastasidan foydalanmagani maqsadga muvofiq. Vallohu a’lam!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.