QAYSI PAYG‘AMBARNING BOBOSI, OTASI VA O‘G‘LI PAYG‘AMBAR BO‘LGAN?

ID: 129

04.04.2025

276

Savol:

Hurmatli Fatvo markazi hay’ati, qaysi payg‘ambarning ham o‘zi, ham otasi, ham bobosi va ham o‘g‘li payg‘ambar bo‘lgan?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ya’qub alayhissalomning o‘zi, otasi-Ishoq alayhissalom, bobosi-Ibrohim alayhissalom va o‘g‘li-Yusuf alayhissalom payg‘ambar bo‘lganlar (ularga Allohning salomi bo‘lsin). Ya’ni to‘rt avlod payg‘ambar bo‘lgan.

Boshqacha aytganda Yusuf alayhissalomning otasi, bobosi va bobosining otasi payg‘ambar bo‘lgan. Yusuf alayhissalomning nasablari haqida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar.

 عَنْ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ الْكَرِيمُ ابْنُ الْكَرِيمِ ابْنِ الْكَرِيمِ ابْنِ الْكَرِيمِ يُوسُفُ بْنُ يَعْقُوبَ بْنِ إِسْحَاقَ بْنِ إِبْرَاهِيمَ عَلَيْهِمْ السَّلَام

Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sallallohu alayhissalom aytganlar: "O‘zi oliyjanob, otasi oliyjanob, bobosi oliyjanob va bobosining otasi oliyjanob. Bu Yusuf ibn Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohimdir" (Imom Buxoriy rivoyatlari).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar