Savolim shundan iboratki tahajjud namozi jahriy oʻqiladimi yoki maxfiymi? Javob uchun oldindan rahmat!
Bismillahir Rohmanir Rohim. Tahajjud namozi nafl namozlardan hisoblanadi. Zuho namozi kabi kunduzi o'qiladigan nafl namozlar maxfiy o'qiladi. Ammo tahajjud kabi tunda o'qiladigan nafl namozlarni jahriy yoki maxfiy o'qishda ixtiyorli bo'ladi. Shunga binoan agar yon-atrofda uxlayotgan yoki boshqa ish bilan mashg'ul bo'layotganlarga xalal bermasangiz, tahajjud namozini jahriy o'qishingizga mone'lik yo'q. Vallohu a'lam.