NAMOZ O'QISH QOIDALARI

ID: 2438

07.09.2025

425

Savol:

Assalomu alaykum. Sunnat namozini o'qib bo'lgandan keyin yana boshqa bir namozni o'qish uchun joy almashtirish shartmi? Nima uchun unday qilinadi?

Javob:

Shartmas. Mustahab amal. Farz namozni o‘qib bo‘lgandan keyin namozxon farz namozini o‘qigan joyidan o‘ng, chap, old yoki orqa tarafga o‘tib qolgan namozlarni o‘qish mustahab amal ekanligi "Raddul muhtor" kabi kitoblarimizda keltirib o‘tilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar