DUO QILISH

ID: 6799

30.01.2026

268

Savol:

Bismillaxu raxmonu raxim.Assalomu aleykum. Namozdan keyin 33 marta aytiladigan tasbexlardan keyin Ixlos surasi , Falaq surasi, An-nas suralarini aytishlik tugrisida xadislar kelganmi. Shular xaqida malumot berib utinglar iltimos.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga har bir namozdan keyin "ikki mu'avvizot"ni o'qimoqligimni amr qildilar». Imom Termiziy rivoyatlari. «Ikki mu'avvizot» – «Qul a'uzu birobbil falaqi» va «Qul a'uzu birobbin nasi» suralaridir. Imom Navaviy aytadilar: "Abu Dovudning rivoyatlarida "ikki mu'avvizotni" iborasi o'rniga "mu'avvizotlarni" deb ko'plik shaklida kelgan, shuning uchun namozdan keyin ushbu ikki suraga Ixlos surasini ham qo'shib o'qish lozim". Chunki arab tilida ko'plik shakli eng kamida uchta narsaga nisbatan ishlatiladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar