Assalomu alaykum! anchadan beri duo qilyapman, duo qilishni boshlagandan keyin ibodatim ko‘paygan sari ko‘paydi, har kunlik verdalni ham yo‘lga qoydim 1 yildan beri, har qanday holatda dup qilib ko‘rdim musofir holatda ham, ota onam ham juda ko‘p duo qiladi meni, ulug‘ kishilarga, masjidga ham duo qildirdim, har qanday yo‘lini izlayapman duoyim ijobat bo‘lishi uchun, lekin ancha yildan beri ijobat bo‘lmayapti, hazrat anchahina tushkunlikka tushib qoldim, qalbimga vasvasa kirib qoldi, nima qilsam, qanday ibodat qilsam duoyim ijobat bo‘ladi, bu tushkunliklar, vasvasa ketadi, yurgan yo‘limda ham ozimdan ozim siqilib yig‘lab yuboradigan bo‘lib qoldim, iltimos javob bersangiz, iloji bolsa duo ham qilib qoying, szlardan Alloh rozi bo‘lsin!
Va alaykum assalom. Alloh taolo har joyda, har doim Sizga yoru madadkor bo‘lsin. Duo qilish bizni vazifamiz. Ijobat esa allohni marhamati. Biz vazifamiz o‘laroq duo ibodatlarimizni bajaraveramiz. Robbim bersa ne’mat, bermasa hikmat bo‘ladi.