DORILAR

ID: 3411

17.10.2025

67

Savol:

Assalomu alaykum, hurmatli Fatvo markazi ulamolari. Menda bir savol bor edi: “KIP (Kompleks Immunoglobulin Preparati)” nomli dori vositasi odam qon plazmasidan olingan immunoglobulinlardan tayyorlanadi. Shu preparatni diniy nuqtayi nazardan ishlatish halol hisoblanadimi, agar uni shifokor sog‘lig‘im uchun tavsiya qilgan bo‘lsa? Oldindan javobingiz uchun rahmat.

Javob:

Aslida, harom narsalar, jumladan, inson qoni yoki uning tarkibiy qismlari bilan davolanish joiz emas. Biroq, fiqhda "zaruratlar man qilingan narsalarni muboh qiladi" degan qoidaga asosan, bunga faqat o‘ta noiloj holatda ruxsat beriladi. Buning uchun ikkita asosiy shart mavjud: birinchidan, bu kasallikka mazkur doridan boshqa hech qanday halol muqobil davo vositasi topilmasligi kerak. Ikkinchidan, tajribali va ishonchli shifokor ushbu dori shifo bo‘lishini hamda undan boshqa chora yo‘qligini tasdiqlashi lozim. Ana shu shartlar topilsa, zarurat miqdoricha ishlatishga ruxsat etiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar