Assalomu alaykum. Men do'konda ishlayman. Mijozlar kam kiradigan vaqtlarda Qur'on o'qiyman. Mijoz kirsa, to'xtash mumkin bo'lgan joyda to'xtab, keyin yana o'sha joydan davom ettiraman. Shu tarzda xatm qilsam bo'ladimi? Ishdan keyin charchab o'qiy olmayapman. Javob uchun rahmat.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Va alaykum assalom. Ha, Qur'oni karim hurmat va odoblariga rioya qilgan holda uni do'konda ham xatm qilish joiz bo'ladi. Lekin bu holatda agar atrofdagilar quloq solmayotgan bo'lsalar, imkon qadar ovoz chiqarmay tilovat qilish kerak bo'ladi. Chunki bu Qur'oni karim tilovatiga nisbatan behurmatlik bo'ladi. Vallohu a'lam.