DO'KONDA OYLIKNI FOIZDA BELGILASH

ID: 4497

24.11.2025

48

Savol:

Men oziq-ovqat do'konida ishlayman. Ish haqqini foizda hisoblab beriladi. Shu ish to'g'rimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Sotuvchi muayyan ish vaqti davomida do'konda bo'lishi shart qilingani uchun savdo bo'lish-bo'lmasligidan qat'i nazar, uning vaqti uchun haq to'lanishi lozim. Faqat foizga ishlashda, xaridor kelmasa ishchi vaqti va mehnatiga kuyib qolish ehtimoli borligi sababli, bunday shartnoma durust emas.

Shuning uchun ishchiga do'konda o'tirgani uchun oyiga 1.000.000 so'm kabi aniq belgilangan maosh va unga qo'shimcha ravishda savdo hajmidan foiz belgilash kerak. Bunda ishchining maosh olishi kafolatlanadi, foiz esa uni g'ayrat qilishga undaydigan mukofot bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar