ЧO'CHQANING TERISIDAN BO'LGAN QO'LQOPNING HUKMI

ID: 12789

01.06.2026

487

Savol:

Assalomu aleykum. Men Koreyada ishlayman va bu yerda ish payitida qo'lqop (perchatka) kiyib ishlaymiz. Bu qo'lqoplar chochqa terisidan ishlab chiqarilar ekan. Savolim shundaki, bu qo'lqopni kiyib ishlasam bo'ladimi?

Javob:

Чo'chqaning terisi oshlansa ham pok bo'lmaydigan asl najosat (najasi ayn) hisoblangani uchun undan yasalgan qo'lqopni kiyib ishlash joiz emas. Bunday qo'lqopni kiyganda qo'l terlasa, najosat qo'lga o'tadi va юvmasdan namoz o'qib bo'lmaydi. Shu sababli ishxonadan boshqa turdagi (mato, rezina yoki boshqa pok hayvon terisidan bo'lgan) qo'lqop sotib olishni so'rashingiz yoki o'zingiz olib kiyishingiz lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar