DAVOLANISH MAQSADIDA URUG'NI MUZLATIB QO'YISH

ID: 7316

12.02.2026

225

Savol:

Assalomu alaykum. Yoshim 27 da, hali uylanmaganman. Alloh menga bir dard berdi, ya'ni jinsiy a'zolarimning birida o'simta, ya'ni rak bor ekan. Shifokorlar bu a'zoni olib tashlash kerak demoqda. Operaцiyadan keyin ximiyaterapiya olishim kerak bo'lar ekan, buning oqibatida sog'lom urug'lar nobud bo'ladi. Urug'ni saqlab qolish va keyinchalik farzand ko'rish uchun urug'ni muzlatib qo'yish kerakligini aytishdi. Uylanganimdan so'ng EKO qilib olasiz deyishmoqda. Bu shariatga to'g'ri keladimi? Ishonchli klinikaga borib topshirsam bo'ladimi? Muolajadan keyin farzand ko'ra olmaslik ehtimoli bor ekan.

Javob:

Vaalaykum assalom. Avvalo, bir necha malakali va diyonatli shifokorlarga ko'rinib, tashxis va davolanish zaruratini qayta tasdiqlatib oling. Agar operaцiya va ximiyaterapiya muqarrar bo'lib, bu farzand ko'rish qobiliyatiga putur etkazishi aniq bo'lsa, kelajakda faqat o'z nikohingizdagi juftingiz bilan farzand ko'rish maqsadida urug'ni ishonchli joyda saqlashga ruxsat beriladi. Bunda muhim jihat shuki, urug'ning boshqalarniki bilan aralashib ketmasligini qat'iy nazorat qilish va undan keyinchalik faqat shar'iy nikohingizdagi ayolingiz uchungina foydalanishdir. Shunday bo'lsada, eng afzali — muolajadan avval, imkon boricha tezroq nikohlanishdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar