DAVLAT XARIDLARI VA AUKЦIONLARDA QATNASHISH

ID: 7318

12.02.2026

191

Savol:

Assalomu alaykum. Men davlat xaridlarida, ya'ni birjada va aukцionlarda savdo qilaman. Чunki hozir har bitta davlat tashkiloti yoki korporativ tashkilotlar o'ziga kerakli tovarni, hattoki bitta ruchkani ham faqat birja orqali olmoqda. Men sotuvchi bo'lib qatnashaman. Biror narsani pul tikib юtib olaman-da, keyin o'sha narsani buюrtmachi tomonga etkazib beraman. Keyin ular meni tikib qo'ygan pulimni qaytarishadi va olib borgan tovarimning haqini to'lashadi. Yaqinda "pul tikish harom, qimorga o'xshab qolar ekan" deb eshitib qoldim. Lekin hozir butun respublika tashkilotlari faqat shu yo'l bilan tovar xarid qilmoqda, boshqa usulda ololmaydi. Biz ham boshqa variantda etkazib bera olmaymiz. Bu ish qimor deyilganidan keyin, avval aniqlab olay deb ishimni to'xtatib turibman. Sizlar nima maslahat berasizlar?

Javob:

Vaalaykum assalom. Masalani yaxshi tushunmagan insonlar “pul tikish” so'zini eshitiboq, buni qimor deb o'ylashgan. Aslida bu erda qimordagi kabi tavakkaliga pul tikish amaliyoti yo'q. Balki bu mablag' savdo ishtirokchisining niyati jiddiyligini tasdiqlash va kelishuvni buzmasligini ta'minlash uchun qo'yilgan garov puli hisoblanadi. Aukцion yoki birjada юta olmagan taqdiringizda bu pulingiz o'zingizga qaytariladi, shu sababli davlat qonunlari doirasida va shariatga zid bo'lmagan tovarlarni bu usulda sotish joizdir.

Darhaqiqat, shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, shariat qoidalariga ko'ra, kishi o'zida yo'q narsani sotishi mumkin emas. Shunga binoan, hali o'zida yo'q tovarni birja orqali sotib (shartnoma tuzib), so'ngra boshqa erdan olib uni xaridorga etkazib berish bilan shug'ullanish joiz emas. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar