Assalomu aleykum domla meni bitta tanishim sartarosh xona qurdi o'zi sartarosh. O'sha qurgan sartaroshxonasi 40.000.000 ga tayyor bo'ldi. Keyin menga kelib, "menga 40.000.000 ber, men arendaga ishlataman, senga arenda tulayman", dedi. Menga beradigan arenda puli halolmi
Ushbu kelishuvdan keladigan pul halol emas, chunki bu muomala shar’an ijara hisoblanmaydi. Ijaraga berish uchun mulk avval sizning egaligingizga o‘tishi kerak, bu holatda esa sartaroshxona uning egasiniki bo‘lib qolmoqda. Aslida, bu 40.000.000 so‘m qarz berib, uning evaziga foyda olishdir va bu shariatda harom qilingan sudxo‘rlik sanaladi.