DAJJOLNING FITNASI QABRDAGILARGA HAM TA’SIR QILADIMI?

ID: 287

04.04.2025

85

Savol:

Dajjol chiqqanda qabrdagi mayyitga ham fitna solishi mumkinmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Qiyomatga yaqin Dajjol chiqib, avval odamlar orasida solih inson sifatida namoyon bo‘lib, taqvodorlikni da’vo qiladi. Keyinroq xudolik da’vosini qiladi. Sehrgarlik orqali odamlarni aldab, ko‘pchilikning imonini fitnaga soladi.

Payg‘ambarimiz alayhissalom Dajjolning fitnasidan panoh so‘raganlar. Amr ibn Shu’aybdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi:

سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: "اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الْمَسِيحِ الدَّجَّالِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ النَّارِ" (رواه البخاري في "الأدب المفرد")

“Nabiy sallallohu alayhi vasallamning “Allohim! Men Sendan Masih Dajjolning fitnasidan panoh so‘rayman va do‘zaxning fitnasidan panoh so‘rayman”, deganlarini eshitdim” (Imom Buxoriy “Al-Adab al-mufrad”da rivoyat qilganlar).

Boshqa rivoyatda Rasuli Akram alayhissalom ummatlari Dajjolning fitnasidan panoh so‘rashga buyurganlar. Dajjolning fitnasi asosan o‘sha paytdagi tirik odamlarga bo‘lishi hadislardan ma’lum bo‘ladi. Qabrdagilarga ham uning fitnasi ta’sir qilishini ayrim ahli ilmlar aytib o‘tishgan bo‘lsada, lekin biror hadisda bu haqda ochiq ma’lumot sobit bo‘lmagan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar